Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Shaharning darvozasi joyida turibdimi o‘zi?" Komil Allamjonov mashhur tabib Ali Mahmud Hasan masalasida gapirdi
7.04.2021 09:54,  
384

Xabaringiz bor, O‘zbekistonga kelgan kurdistonlik tabib Ali Mahmud Hasan voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuv bo‘lmoqda. Joylarda esa tabib qabuliga kirish uchun yuzlab fuqarolar yig‘ilishi kuzatilmoqda. 

Bu borada IIV mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni aytgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, soxta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar xaqida ogohlantirdi.  

Ayni paytda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov kundan-kunga shov-shuv bo‘layotgan ushbu masalaga e’tibor qaratdi. 

"Agar uning firibgarligi haqidagi ma’lumotlar asosli, isbotlangan bo‘lsa, nega uning faoliyati cheklanmayapti? Uning bemalol viloyatma-viloyat yurib, odamlarni davolashiga yo‘l qo‘yib berilyapti.  

Agar haqiqatda foydali tabib bo‘lsa, uni ham ro‘yxatga olish, litsenziya degan qoidalari bor. Gap odamlar ishonchi va hayoti haqida ketyapti.  

Endi bir kamiga chetdan kelib, xohlagan odam, xohlagan ishini qilib ketishi qolgandi. Shaharning darvozasi joyida turibdimi o‘zi? Albatta, kimdir o‘lishi yoki aziyat chekib, voy dod, deyishini kutyapmizmi?  

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik xizmat karantin, deb rosa jazolashni biladiku. Yoki matbuot xodimlarining ozgina xatosini ko‘rib qolsa, qonunlar va jazolarni eslatuvchi IIV qayerga qarayapti? Bu holatda rasmiy munosabatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlash kerak, o‘rtoqlar, quruq gapiravermay!

Shifo izlab har bir imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan barcha bemorlarimizga esa ALLOH shifo bersin", - deya yozib qoldirgan Allamjonov. 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан