Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24.06.2020 22:26,  
290

Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib Sputnik nashri xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida, Shahrisabz Davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X. 62,9 mln so‘m hajmdagi byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, u bu pullarni muzey-qo‘riqxonada haqiqatda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D.V. va 4 nafar fuqarolarga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, talon-taroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан