Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabz hokimi qabuliga borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun «jinnixona»ga tiqib qo‘yildi
19.05.2021 12:20,  
434

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida hokim qabuliga shikoyat qilib borgan ayol jamoatchilik tartibini saqlash bahonasida bir kun majburiy tartibda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1964 yilda tug‘ilgan va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan Nodira O‘rinovaning takroriy murojaatlari inobatga olinib, 2018 yil unga Shahrisabz shahar hokimligi tomonidan bepul uy-joy berilgan.

«Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga, rahmat. Mendek nogironligi bor ayollarga bepul uy-joy berish tartibini joriy qildi. Shu sabab menga ham uch xonali uy berildi. Buning uchun alohida, rahmat, hammaga. Biroq menga berilmagan uy-jihozlarini — gilam, televizor, xontaxtalarni ‘berildi’ deya respublika Kasaba uyushmasiga ma’lumot berilgan. Demak, menga berilgan uy-jihozlarini kimdir o‘zi olgan va uy-jihozlari mening nomimda qolgan. Men shu adolatsizlikni fosh qilish maqsadida MFY raisi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining (o‘sha paytdagi — tah.) rahbari Shahlo Rahmonovaga ko‘plab murojaatlar qildim, ammo natijasi bo‘lmadi», — deydi murojaatchi Nodira O‘rinova.

Qashqadaryo viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Dolli Allayevning 2021 yil 30 yanvar kuni fuqaro Nodira O‘rinovaga yo‘llagan javob xatida unga yangi uy bilan birga xontaxta, televizor va gilam berilgani haqida noto‘g‘ri axborot bergan «Do‘stlik» MFY raisi Rustam Bozorov hamda uning o‘rinbosari Mohira Karimovalar shu qilmishi uchun lavozimidan olingani ma’lum qilingan.

«Shahrisabz shahriga yangi hokim Akrom Sulaymonov kelgach, yangi hokimga ham bu haqda shikoyat qildim va ko‘zbo‘yamachilikning boshida turgan Shahlo Rahmonovaning qilmishlarini ochib tashladim. Biroq murojaatlarimga o‘z vaqtida javob berilmagani uchun 2021 yilning 5 aprel kuni hokim qabuliga qayta bordim va xatimga javob talab qildim. Shunda hokim jahl ustida ‘chaqir uchastkavoyni’, dedi. Vaziyatdan foydalangan Shahlo Rahmonova esa, xatingizga men javob beraman deya, meni hokimlikning pastki qavatiga olib tushib, MFY raisi va ‘uchastkavoy’ga berib yubordi», — deydi murojaatchi ayol.

Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov «Daryo» muxbiri bilan muloqotda Nodira O‘rinova bilan bog‘liq voqeani tasdiqladi.

«Haqiqatan ham Nodira opa ko‘p marotaba qabulimda bo‘lgan. Har safar u kishining murojaatini diqqat bilan tinglab, imkon qadar ijobiy yechim bilan qaytarishga harakat qilganman. Opa har safar qabulimga har xil muammolar bilan kelgan bo‘lishiga qaramay, deyarli muammolarining ijobiy yechimi bilan ortga qaytgan. O‘sha kuni (2021 yil 5 aprel — tah.) Nodira opa yana murojaat qilib keldi. Va hokimlik binosida baqir-chaqir, shovqin ko‘tarildi. Shunda Milliy gvardiya xodimlariga jamoatchilik tartibini saqlash haqida topshiriq berdim. Ammo voqea yakuni qanday tugagan, bundan xabarim yo‘q», — deydi Shahrisabz shahri hokimi Akrom Sulaymonov.

Murojaatchi Nodira O‘rinovaning aniqlik kiritishicha, 2021 yil 5 aprel kunidagi voqea, uning Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga qamalishi bilan yakunlangan.

«Shahlo Rahmonova meni hokimlik binosining pastki qavatiga olib tushib, ‘Do‘stlik’ mahallasining yangi raisi Farruh Iskanov hamda ‘uchastkavoy’ Zohid Amirqulovga ro‘para qildi. Mahalla raisi va ‘uchastkavoy’ mening qo‘limni orqaga qayirib, qo‘llarimni ko‘kartirib, ‘uchastkavoy’ning Matiz mashinasida «jinnixona»ga olib borib tashladi. Ularning adolatsizligi sabab men bir kun «jinnixona»da majburiy qamab qo‘yildim», — deydi Nodira O‘rinova.

«Daryo» muxbiri so‘roviga javob bergan «Do‘stlik» MFY raisi Farruh Iskanov hamda hudud profilaktika inspektori Zohid Amirqulov murojaatchi Nodira O‘rinovaning Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borilganini tasdiqladi. Biroq bunga hokim topshiriq bermaganini aytib, Nodira O‘rinovaning shifoxonada ro‘yxatda turishini vaj qilib ko‘rsatdi.

«Haqiqatan ham opani asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borganmiz. Bunga hokim topshiriq bermagan...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан