Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabz, Marg‘ilon va Xivada Madaniy meros texnikumlari tashkil etiladi
2.11.2021 13:20,  
19

«Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali.

Qarorga ko‘ra, «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlangan. Universitet ShHTga a’zo davlatlarning turizm, madaniy merosni boshqarish va muzeyshunoslik sohalarida kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda ushbu sohalarni ilmiy va innovatsion tadqiq etish bo‘yicha ilmiy muassasaga aylantirilgan.

2022/2023-o‘quv yilidan Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kollejlari negizida Shahrisabz, Marg‘ilon va Xiva turizm va madaniy meros texnikumlari (Madaniy meros texnikumlari) tashkil etiladi. Shuningdek, Toshkent turizm va servis kolleji negizida universitetning Toshkent filiali tashkil etilgan.

Universitet huzurida quyidagilar o‘z faoliyatini boshlaydi:

  • «Ipak yo‘li» xalqaro tadqiqot instituti;
  • «Ipak yo‘li» muzeyi;
  • «Ipak yo‘li» art-rezidensiyasi;
  • «Ipak yo‘li» san’at galereyasi;
  • Restavratorlarni qayta o‘qitish va malakasini oshirish markazi.

Har yili universitetga ShHT, MDHga hamda Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar fuqarolariga magistraturada davlat granti asosida ta’lim olish uchun 85 ta o‘rin ajratiladi. Universitetning xorijiy professor-o‘qituvchilari va izlanuvchilari uchun xizmat turar joyi sifatida 20 ta uy-joy ajratib beriladi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasining 2022–2026 yillarda xorijdagi nufuzli ta’lim muassasalarida turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik yo‘nalishlarida doktorantura (PhD) va magistraturada o‘qitish dasturi joriy qilinadi. Dastur doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassis (40 nafari magistratura va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida) o‘qitiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан