Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi" sarlavha ostidagi vedio yuzasidan axborot berildi
28.01.2021 15:06,  
456

Joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Video lavha o‘rganilganda, joriy yilning 27 yanvar kuni belgilangan taqsimot asosida Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Chorshanbe qo‘rg‘onchasi hududida tuman IIB YHXB xodimlari E.Qo‘ziyev va M.Doniyorovlar xizmati davomida, avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan 3.27. “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi ta’sir doirasida to‘xtab turgan bir-necha haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalarini planshet yordamida suratga olib, qoidabuzarlik uchun tegishli tartibda chora ko‘rilgan.
Ushbu avtomobillar haydovchilari tomonidan ko‘rilgan choraga e’tiroz bildirilib, atrofdagi boshqa haydovchilar ham to‘planishiga olib kelgan.

Fuqarolar tomonidan olingan video tasvirga “Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi” sarlavhasi noto‘g‘ri berilib, norasmiy sahifalarda asossiz tarqatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан