Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabzda tibbiyot xodimlarini o‘t yuldirishga jalb etgan xodim javobgarlikka tortildi
24.05.2021 14:21,  
154

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh tibbiyot xodimlarining majburiy ishga jalb qilingani aytilgan videolavha tarqaldi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazgan.

Unga ko‘ra, Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining ishchi va xodimlari birlashmaning hovlisidagi yer maydonida gullar orasidagi begona o‘tlarni tozalash, ya’ni obodonlashtirish ishlariga majburiy tarzda jalb etilganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 51-moddasiga asosan ba’zaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (12 mln 250 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан