Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahrisabzdagi maktab o‘quvchilariga jismoniy tarbiya darsi poli chirib ketgan sportzalda o‘tildi
6.10.2021 13:43,  
107

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Shahrisabzdagi 58-maktabda o‘quvchilar poli chirib ketgan sportzalda shug‘ullanishayotgani haqida xabar qilingandi.

Shundan so‘ng, holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aytilishicha, tumandagi "G‘ilon" MFY G‘ilon qishlog‘ida joylashgan ushbu maktab hozirda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganilmoqda.

Ma’lumot berilishicha, maktab uchun 2014 yilda 200 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurilgan. Mavjud 2 ta 240 o‘rinli o‘quv binolari mukammal ta’mirlangan.

Maktabning 12x24 metr o‘lchamdagi sportzali 2007 yil qurilgan. Maktab tog‘li hududda joylashganligi, yer osti suvlari yer yuzasiga yaqinligi, namgarchilik yuqoriligi natijasida sportzalning pol qismi juda tez vaqtda yaroqsiz holatga kelgan.

“2022 yil mahalliy byudjet hisobidan maktab sportzalining pol qismini yangidan ta’mirlash rejalashtirilgan.

Hozirda mavjud imkoniyatlardan foydalanib, maktab sportzalini birlamchi ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан