Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shahzoda Garrining qirollik oilasidan Kanadaga ko‘chib o‘tishining sababi ma’lum bo‘ldi
25.03.2020 17:49,  
686

Shahzoda Garri rafiqasi Megan Markl va o‘g‘li Archi Xarrison bilan Kanadaga ko‘chib o‘tdi, chunki Buyuk Britaniyada ularga hech qachon u istagandek munosabatda bo‘lishmaydi, degan qarorga keldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, qirollik juftligining ko‘chib ketishining asl sababi, Sasseks gersogining xotinini jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va qirollik oilasining boshqa a’zolarining hujumlaridan himoya qilish istagi bo‘lgan. "Meganga hech qachon adolatli munosabatda bo‘lmaslik ma’lum bo‘lganda, u o‘zini yomon his etdi. Kanadaga ko‘chib o‘tish aslida bu uning g‘oyasi”, dedi manba.

Boshqa bir manbaning ta’kidlashicha, shu tarzda shahzoda Garri o‘z bolasini Buyuk Britaniyada unga duch keladigan salbiy ta’sir va bosimdan himoya qilishni xohlagan. Uning fikriga ko‘ra, Sasseks gersogi o‘g‘liga "normal bolalikni" berishni xohlaydi, chunki shahzoda katta bo‘lgunga qadar doimiy ravishda jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan va bu qanchalik qiyinligini o‘zi biladi.

8 yanvar kuni shahzoda Garri va Megan Markl qirollik oilasi a’zolari unvonidan voz kechib, Sasseks gersogi va gersog rafiqasi unvonini saqlab qolishgan. Ular kelgusida davlat byudjetidan moliyalashtirilishidan voz kechishni va moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishni rejalashtirganliklarini aytishdi. Garri va Megan 31 mart kuni Britaniya tojini himoya qilishni to‘xtatadilar. 10 yanvar kuni Markl Kanadaga uchib ketdi.

Shahzoda Garri yanvar va fevral oylarida sayohat qildi, ammo pandemiya tufayli Kanada chegaralari yopilishidan biroz oldin o‘z oilasiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Ketishdan oldin u otasi va buvisini yuqtirmaslik uchun maxsus ehtiyot choralarini ko‘rishga ko‘ndirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан