Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Noma’lum fuqarolar "Sharg‘unko‘mir" AJning Xitoy bo‘limiga tegishli generatorning 2 dona akkumlyatorini o‘g‘irlab ketishdi
20.03.2021 14:38,  
210

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabariga ko‘ra, "Sharg‘unko‘mir" AJning Xitoy bo‘limi direktorining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ge Cheng Hui Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021 yilning 13 mart kuni noma’lum shaxslar tomonidan Sariosiyo tumani hududida joylashgan "Sharg‘unko‘mir" AJning Xitoy bo‘limiga tegishli doimiy elektr toki o‘chganda favqulodda holatda shoshilinch ko‘mir konini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi generatorning jami narxi 17.790.000 so‘mlik 2 dona akkumulyatorini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlar davomida, ushbu jinoyatni AJ "Sharg‘unko‘mir" tunneli ishchisi 21 yoshli Sardorbek U., va muqaddam sudlangan 28 yoshli Orifjon Yo., lar sodir etganliklari, ular o‘g‘irlangan 2 dona akkumulyatorlarni daraxt tagiga yashirib qo‘yganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sardorbek U., va Orifjon Yo.,larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан