Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Sharmanda qilaman”: Qashqadaryoda tovlamachi “oshiq” yigit qo‘lga olindi
15.02.2021 08:42,  
1398

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir qizni qarindoshlari o‘rtasida sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, tovlamachilikka qo‘l urgan yigit ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro I.Q. Qarshi shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, 21 yoshli Shahzod X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, yigit uning qizi S. bilan telefon orqali bo‘lgan so‘zlashuvlarini yozib olgan va qarindoshlariga tarqatmaslik evaziga 1000 dollar talab qilgan.

Yigit o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1000 dollarni olgan vaqtida ushlangan. Ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан