Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sharof Rashidovning qizi Svetlana Rashidova 70 yoshida AQShda vafot etdi
17.12.2021 09:32,  
303

Taniqli olima, jamoat arbobi Svetlana Rashidova Sharofovna 2021 yil 14 dekabr kuni 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Tashkent_Land» Telegram kanali xabar qildi.

Svetlana Rashidova 1952 yil 1 martda Toshkent shahrida O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidovich Rashidov oilasida tug‘ilgan va Rashidovlar oilasining eng kichik farzandi bo‘lgan. U Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida dotsent lavozimida ishlagan.

Svetlana Rashidova 1971 yilda Alisher Vasitovich Vohidovga turmushga chiqadi. Turmush o‘rtog‘i bilan birga Nyu-Yorkka jo‘nab ketadi. U 1994 yilda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi, 1997–2008 yillarda esa O‘zbekistonning BMTdagi elchisi va doimiy vakili lavozimida ishladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан