Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Shart hujjat qildirib, olib kirgizib qo‘ydim» — Shuhrat Abdurahmonov uch ayolni qamatgani haqida gapirgan audio tarqaldi
13.11.2020 19:08,  
1626

Tarqalgan audio parchasida viloyat hokimi dastlab jurnalistlar haqida gapiradi.

«O‘tgan kuni jurnalistlar bilan press-konferensiya o‘tkazdim. 50 ta tashkilotni chaqirishibdi, shular bilan savol-javob qilamiz, deb. Hammasini haydab yubordim.

Men bilan savol-javob qilish deyapman, men javob beraman. Bular hammasi mening topshirig‘imni bajargan. Nima savoling bo‘lsa ber. Ikki yarim soat gapirgandim. Savol berisholmadi bittasi ham.

Endi dedim, qizig‘i chiqmay qoladi, dedim. Bir-ikkita savol berib qo‘yinglar, dedim. «Qichiq» savol bergisi keldi-da. So‘zimni boshida aytib qo‘ydim: «Eshitishib ol, Toshkentdan kelgan bo‘lsang ham, qayerdan kelgan bo‘lsang ham, men ishlaydigan hokimman», dedim. «Hamma narsamni, sog‘lig‘imni ham tikib qo‘yayapman», dedim. «Menga qichiq savol berishmagin», dedim. «Normalniy» savol ber, normalniy gaplashamiz», dedim. «Agar qitig‘imga tegsang, men qo‘yvoraman», dedim.

«Qattiqroq gapirib yuboraman, ertaga hammayoq sensatsiya bo‘lib ketadi. Normalniy, sog‘ odamga o‘xshab gaplash men bilan», dedim.

Baribir ularniki qo‘zib turadi-yu, aylantirib kelgandi bir-ikkitasi, tarsillatib urib qo‘yganimdan keyin hech narsa deyolmasdan uyoqqa borib, boshqa familiya bilan bir narsalar chiqarib yotibdi.

E, erkakmisan, hezalak, o‘zingni nomingdan yoz! Menga Hasanboy kelib qatnashyapti, uyoqqa borib Husanboyning nomidan chiqarishyapti», – degan Shuhrat Abdurahmonov.

Andijon viloyati hokimi audio davomida Marhamat tumanidan bo‘lgan uch ayolni 15 sutkaga qamatganini aytadi.

«Charchab chiqsam, 5-6 odam qabulda turgan ekan, qabul qilmayman, dedim. Keyin ular rosa shallaqilik qildi o‘sha yerda. Mana hozir shunaqa «miliy» bo‘lib o‘tirishibdi 15 sutkaga qamatib qo‘yganimdan keyin...

Kechaginda Marhamatda yig‘ilish o‘tkazsam, yig‘ilish qilayotgan paytimda tashqarida bittasi baqiryapti. Chiqsam, beshta shallaqi. Ikkitasi nogiron, uchtasi anaqa. Nogironga tegmadim, uchovini olib kirib tiqib qo‘ydim 15 sutkaga. Ana, marhamatliklar bo‘lsa aytsin: shunaqa jimjit bo‘lib qoldi Marhamat ham.

Marhamatga kelganda yuragim bezillardi. 5-6ta xotinning dastidan. Tiqib qo‘ydim oborib. Hamma narsani gapiraveradimi?

Og‘ziga zeb beruvdi. Shart hujjat qildirdim, olib kirittirib qo‘ydim. Viloyat hokimiga, prezident vakiliga sassiq gapirgani uchun. Davlat bor, Xudoga shukr», – degan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov «tarbiyaviy soat»ida.

Ushbu audio qachon va qayerda yozib olingani ma’lum emas. Audioda har zamonda odamlar kulgisi eshitilib turganidan hokim bu qandaydir yig‘ilishda, ko‘pchilikning ichida aytganini anglash mumkin.

Audioda Shuhrat Abdurahmonov o‘ziga «sassiq gaplarni gapirgani» uchun 15 sutkaga qamattirgani aytilgan ayollar shu yilning 26 oktyabr kuni Andijon viloyati hokimligi binosi oldida aholi tomonidan norozilik uyushtirilgani taxmin qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarda ushbu ayollar viloyat hokimligiga ko‘mir va ijtimoiy yordam ajratilishini so‘rab, aksariyat fuqarolar esa oziq-ovqat narxlarining oshib ketishiga yechim izlab kelgani aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан