Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev​ 2020 yil nomini e’lon qildi​ (video)
24.01.2020 11:13,  
3331

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga Murojaatnomasi davom etmoqda. Davlat rahbari o‘z so‘zida saylov jarayonlariga ham to‘xtaldi.

«Saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, saylovlarni moliyalashtirish manbalarini kengaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi», — Mirziyoyev.

«Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya, kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda» — Shavkat Mirziyoyev.

Shuni aytish kerakki, bizda har doim bosh islohotchi — davlat bo‘lib kelgan va bu siyosat darajasiga ko‘tarilgan, barchasi «yuqori»dan belgilanar edi. Endi esa islohot jamiyatdagi haqiqiy holatdan kelib chiqib belgilanadi. Xalqni qiynayotgan muammolar esa OAV, ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyatlar, xalq qabulxonalari va boshqa «barometrlar» orqali aniqlanadi.

Shuningdek, Prezident 2020 yilni Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qildi.

«Men 2020 yilga Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb nom berishni taklif etaman», dedi prezident.

Foto: "Yuksalish" harakati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан