Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘ani bilan ba’zi masalalarni muhokama qildi
3.08.2020 10:19,  
257

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muqaddas Qurbon hayit ayyomi munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, birodar xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.

Keyingi yillarda mustahkam do‘stlik va an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga, tarix, an’ana va urf-odatlar mushtarakligiga asoslangan O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik, avvalo, iqtisodiyot, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy ahamiyatga molik eng muhim masalalar yuzasidan ham batafsil fikr almashildi.

Davlat rahbarlari ikkala mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish borasida ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi.

Shuningdek, chegaraoldi hududlarda zamonaviy savdo-logistika infratuzilmasini yaratish, «Surxon – Puli Xumri» elektr uzatish liniyasini barpo etishdek yirik loyihalarni amalga oshirish va Afg‘oniston hududida samarali transport yo‘laklarini tashkil etish, jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlar imkoniyatlarini faol jalb qilish, ta’lim va madaniy-gumanitar almashinuv bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish davom ettirilishi qayd etildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston rahbarlari afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan yechish masalalarini ko‘rib chiqdilar hamda afg‘onlar o‘rtasida o‘zaro muzokaralarni tez fursatda boshlash bo‘yicha olib borilayotgan harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан