Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga tashrif buyuradi
19.11.2021 10:43,  
97

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi yaqin vaqt ichida yakunlanadi. Ushbu hujjatni imzolash O‘zbekiston prezidentining 2022 yilda Bryusselga bo‘lajak tashrifi doirasida rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Insoniy o‘lchov, demokratik islohotlar, inson huquqlari, diniy erkinliklar, bolalar va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlab o‘tishim mumkinki, so‘nggi bir necha yil ichida biz ikki tomonlama kun tartibimizdan insoniy o‘lchov bilan bog‘liq ba’zi muammoli masalalarni olib tashlashga muvaffaq bo‘ldik. Kelajakda hali qilinadigan ishlar ko‘pligini tushunib turibmiz. Shu nuqtai nazardan, biz Yevropa Ittifoqidagi hamkasblarimiz bilan yangi yutuqlarga erishish uchun hamkorlik qilishga tayyormiz", — dedi Abdulaziz Komilov.

TIV rahbari, shuningdek, siyosiy kun tartibida Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni davom ettirish uchun kelajakda muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalar mavjudligini ham ta’kidladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан