Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ilk marta o‘zbek tilida nutq so‘zlaydi
21.09.2020 09:35,  
279

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yetmish beshinchi yubiley sessiyasining yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarida ishtirok etadi.

Bosh Assambleyaning markaziy tadbirlari jahonda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat munosabati bilan BMT tarixida ilk bor videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari sessiyaning yalpi qismida so‘zga chiqib, xalqaro hamjamiyat e’tiboriga mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etadi hamda O‘zbekistonni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.

Muhokamalarning asosiy mavzusini hisobga olib, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish va kasallik tarqalishining salbiy oqibatlarini yengib o‘tish masalalariga to‘xtalib o‘tiladi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari BMTda oliy minbaridagi bu galgi chiqishida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – o‘zbek tilida nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev ilk marta Bosh Assambleyada 2017 yil 12 sentyabrda, BMTning Nyu-Yorkdagi bosh shtab-kvartirasida chiqish qilgan edi. Prezident nutqi tashkilotning 6ta ishchi tilidan biri – rus tilida bo‘lgan va xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан