Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga 8 ta taklif berdi
24.09.2020 10:05,  
392

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilk bora o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi to‘liq nutqi (video)

O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida jahon hamjamiyatiga nimalarni taklif qildi?

- BMT shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish taklif etdi;

- Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi;

- Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta’minlashda parlamentlar rolini oshirish to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etdi;

 - BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochish taklif etildi;

- Mintaqaviy qo‘shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazishni taklif etdi;

- 2021 yilda YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» degan mavzuda xalqaro forumni o‘tkazishga O‘zbekiston tayyorligini ma’lum qildi;

- BMT huzurida afg‘on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mita tashkil etish taklif etdi;

- Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi;

- Qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni BMT Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazishni taklif qildi;

Shuningdek, O‘zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli sheriklikni, BMT va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirishga doimo tayyorligini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан