Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
14.10.2019 13:29,  
136

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun 14 oktyabr kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengashga a’zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a’zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан