Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev bu galgi Prezidentlik saylovlarining avvalgilaridan farqini aytdi
31.08.2021 20:46,  
245

Shavkat Mirziyoyev kutilayotgan Prezidentlik saylovi haqida gapirdi.

Oldimizda muhim siyosiy voqea turibdi. Shu yil 24 oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

So‘nggi besh yil mobaynida mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Nufuzli xalqaro ekspertlar ta’kidlaganidek, yangi O‘zbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi.

Bu galgi Prezident saylovlari ilk bor 2019 yilning 25 iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tadi.

Bu saylov barchamiz uchun O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yo‘ldan boradi, farzandlarimiz, oilamiz, mamlakatimiz kelajagini qanday barpo etamiz, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g‘oyat muhim siyosiy tadbirdir.

Shuning uchun ushbu siyosiy jarayonga ko‘pmillatli xalqimiz ham, jahon hamjamiyati ham katta qiziqish va e’tibor bilan qaramoqda.

Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kut‌ilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан