Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev davlat byudjeti xarajatlarini 2,2 trln so‘mga oshirishni ma’qulladi
24.12.2021 20:22,  
110

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablag‘larning miqdorini 2,22 trillion so‘mga (qariyb 205,4 million dollar) oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Avvalroq moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov prezident va hukumatning ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, eksportni rag‘batlantirish hamda boshqa «muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari doirasida davlat byudjeti xarajatlarini yana 2,2 trillion so‘mga oshirish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

Xususan:

«Tashabbusli byudjet» doirasida tuman va shaharlarda fuqarolarning tashabbuslarini moliyalashtirishga — 117 milliard so‘m;
davlatga g‘alla sotuvchi fermer va g‘allachilik klasterlariga har bir tonna uchun 350 ming so‘mdan — jami 800 milliard so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi;
Mo‘ynoq tumanidagi 5 kishigacha a’zosi bo‘lgan har bir oilaga 5 million so‘mdan bir martalik yordam hamda Qoraqalpog‘istondagi 21 ta ijtimoiy-iqtisodiy muammoli mahallani obodonlashtirishga 67 milliard so‘m;

Surxondaryo viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi uchun (To‘palang suv omboridan magistral suv quvurini qurish, loyiha To‘palang HPD Platinum kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda) 200 milliard so‘m, Rossiyadan quvurlar sotib olish uchun Tiklanish jamg‘armasi hisobidan 327 milliard so‘m — jami 527 milliard so‘m.Ahadbek Haydarovning aniqlik kiritishicha, pul quvurlar narxi oshishidan oldin sotib olish uchun ajratilmoqda;
ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash uchun Sirdaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlariga 100 milliard so‘mdan (jami 300 milliard so‘m), shuningdek, Toshkent shahriga 200 milliard so‘m — jami 500 milliard so‘m;

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkalari uchun kompensatsiya to‘lash uchun — 50 milliard so‘m. Yil boshida bu maqsadlar uchun 150 milliard so‘m, keyinroq yana 123 milliard so‘m yo‘naltirildi. Moliya vaziri o‘rinbosari hududlarda aholi va ishbilarmonlardan buzilishlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlar qolayotganini ta’kidlagan.

113 milliard so‘m Moliya vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati va boshqa huquq-tartibot organlari kiruvchi tashkilotlarga ajratiladi, ammo aynan qaysi xarajatlar uchun ekanligiga aniqlik kiritilmagan. Qonunchilik palatasining joriy xarajatlari yil yakuniga ko‘ra 25,1 milliard so‘mga oshgan.

Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 2,5 trillion so‘mga oshirilmoqda. Shundan 1,1 trillion so‘mi prezidentning 2 dekabrdagi qarori (PQ-5275) ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Mazkur hujjat bilan Moliya vazirligiga Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga milliy valyutada 100 million dollar ekvivalentidagi mablag‘larni foizsiz asosda ajratish topshirildi.

2021 yil uchun konsolidatsiyalangan byudjet taqchilligining chegaraviy hajmi (davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek, tashqi qarzlar hisobga olingan holda davlat dasturlarini amalga oshirish bilan bog‘liq) YaIMga nisbatan 5,5 foizdan 6,5 foizgacha oshiriladi.

Qonunchilik palatasi 14 dekabr kuni qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagan, biroq byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi istisno tariqasida qonunni hujjatning har bir bandini muhokama qilmasdan, birdaniga ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilishni taklif qilgan. Shuningdek, 15 dekabr kuni o‘tkazilgan Senatning yalpi majlisida ham mazkur qonun ma’qullangan (http://daryo.uz/k/2021/12/15/senatorlar-2022-yil-uchun-davlat-budjeti-togrisidagi-qonunni-maqulladi/).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан