Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev va deputat Rasul Kusherbayev dialogi
20.01.2020 13:43,  
3010

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis qonunchilik palatasiga qilgan murojaati davomida faol deputatlarni e’tirof etib o‘tdi.

“Orangizda jonkuyar deputatlar bor. Amaldorlarning tartib buzishi, axloq-odob qoidalariga bo‘ysunmasligiga deputatlar bir chetda jim qarab turmasligi kerak”, — deb ta’kidladi davlat rahbari.

So‘nggi ikki yilda 14 marta hukumat soati tashkil etilgan bo‘lib, 17ta vazirlik, idoralar rahbarlari parlamentda hisobot berdi. Prezident uch nafar deputat nomini aytib, o‘rnidan turishini so‘radi. Ularga jonkuyarligi uchun minnatdorlik bildirdi.

“Muxolifat o‘zimizda yetishib chiqmoqda. Bu to‘g‘ri! Muxolifat ichimizdan chiqishi lozim. Bu shunchaki oppozitsiya emas, bu — Vatanparvarlik!

Mana, Rasul Kusherbayev ko‘pchilikka yoqmasa ham, menga yoqadi. Bu gaplarim ijro hokimiyatidagi ko‘pchilikka yoqmayapti, ko‘rib turibman. Ularning rangi o‘zgaryapti, qo‘rqyapti. Mayli, qo‘rqaveringlar. Ammo men qo‘rqmayman! Bizga shunday deputatlar kerak!

Bir narsani to‘g‘ri tushunaylik — biz birga ishlashni o‘rganishimiz shart. Hozir bir fikr paydo bo‘lgan — go‘yoki tanqid qilingan odam ishdan ketadi. Hech kim ketmaydi ishdan. Xato qilmaydigan odam bor ekanmi? O‘sha xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganish lozim.

Bizga Parlament nazorati kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘z navbatida deputat Rasul Kusherbayev prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi:

“Mamlakatimizda oshkoralik bo‘yicha islohotlarning yangi bosqichga chiqqani bizni o‘zgarishlarga majbur qilyapti. Davlat rahbari sifatida bu sizning siyosiy irodangiz bilan bog‘liq.

Menga savollar bo‘ladi: ilgari qayerda eding, orqangda kim turibdi? Ochig‘i, ortimda saylovchilar turibdi. Shiddat va shijoatni sizdan olyapman.

Ayrim byurokratlar sabab, shijoatimiz sinib qolishi mumkin edi. Sizning ishonchingiz kuch bermoqda. Hokimlar ham o‘zgarishga majbur bo‘lyapti”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан