Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga nima sovg‘a qilgani ma’lum qilindi
25.02.2020 11:01,  
3933

24 fevral kuni AQSh Federal reyestri e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning oilasi va prezident administratsiyasining yuqori martabali vakillari 2018 yilda xorijiy davlatlari rahbarlaridan 88 420 AQSh dollari qimmatidagi sovg‘alar qabul qilishgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

E’lon qilingan ma’lumotlar orasida 2018 yilning may oyida AQShga rasmiy tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar va ularning qiymatlari ham bor.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan Donald Trampga 2950 AQSh dollar qiymatga ega “Registon“ majmuasining miniatyuraviy kumush nusxasi, uning rafiqasi Melaniya Trampga esa 4200 AQSh dollar qiymatiga ega choyshab sovg‘a qilingan.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo esa Shavkat Mirziyoyevdan 1580 AQSh dollari qiymatiga ega yog‘och stol va stullar to‘plamini qabul qilib olgan.

AQSh prezidenti oilasi va administratsiyasi vakillariga taqdim etilgan sovg‘alarning deyarli barchasi Milliy arxivda saqlanadi, lekin sovg‘ani qabul qilgan shaxslarga ularni sotib olish imkoniyati berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан