Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Bugun bo‘lib o‘tgan telefon muloqootida davlat rahbarlari ikki davlat munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishdi hamda mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha fikr almashishdi.

Shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishidagi ahvolning yomonlashishi va keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin idoralararo muvofiqlashuvni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.