Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: «Endi uy-joylarni saqlashning minimal xizmatlari va me’yorlarini mahalliy kengashlar tasdiqlaydi»
28.05.2021 21:39,  
108

O‘zbekistondagi ijtimoiy reyestrga kirgan ehtiyojmand oilalarga uy-joylarni saqlashga majburiy to‘lovlar uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda davlat rahbari so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Sherzod Hidoyatov viloyat hokimlari bilan birga, ikki oy muddatda boshqaruv-servis kompaniyalari faoliyatini reyting asosida baholash tizimini joriy qiladi. Bunda xizmat sifati, ta’mirlash brigadasi mavjudligi, moliyaviy holati, aholining fikri baholanishi kerak. Reyting yaxshi bo‘lsa, xizmat ko‘rsatadigan uy-joy soni ko‘paytirib beriladi. Barcha boshqaruv-servis kompaniyalarida 24 soat onlayn ishlaydigan buyurtma berish markazlari tashkil etilib, nazorati Uy-joy fondi inspeksiyasiga yuklatiladi. Endi uy-joylarni saqlashning minimal xizmatlari va me’yorlarini aholi bilan kelishgan holda, mahalliy kengashlar tasdiqlaydi. Bunda hududiy uy-joy kommunal xizmat boshqarmasi tarif parametrlarini bandma-band asoslab, qiladigan ishlari va ko‘rsatadigan xizmatlari bo‘yicha rejalarini taqdimot qiladi.

Ijtimoiy reyestrga kirgan ehtiyojmand oilalarga uy-joylarni saqlashga majburiy to‘lovlar uchun subsidiya ajratiladi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha moddiy yordam oluvchilar ro‘yxatidagi 150 mingta xonadon aholisining to‘lov qobiliyati past.

Hidoyatov, qurilish vaziri Botir Zokirov, Kadastr agentligi rahbari Fazliddin Umarov viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga ikki oy muddatda boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadigan mavzelar chegarasi, ular hududidagi maktab, bog‘cha, poliklinika va boshqa ob’yektlarni aniq belgilab bersin.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti 

Davlat rahbari, shuningdek, bugungi kunda 19 mingta ko‘p qavatli uy-joylarning kadastr hujjatlari mavjud emasligi, 1 oktyabrdan boshlab majburiy to‘lovlarni billing tizimida amalga oshirishning yagona elektron platformasi ishga tushirilishini aytdi. Bunda mulkdorlar, xonadon maydoni, tarif miqdori, qarzdorlik, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xarajatlari va daromadlari smetasi haqidagi ma’lumotlar shakllantirilishi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан