Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Eron tashqi ishlar vazirini qabul qildi
5.04.2021 21:52,  
112

Shavkat Mirziyoyev 5 aprel, dushanba kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan murakkab sharoitlarga qaramay, O‘zbekiston–Eron munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vazir Muhammad Javad Zarif, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning salomi va tilaklarini yetkazdi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik masalalariga, savdo aloqalarini rivojlantirish va yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Ummon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb jihatlari, shu jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari muhokama qilindi. Eron tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан