Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik ziyolilar bilan muloqot qildi
14.09.2019 18:48,  
82

Qo‘qon shahridagi Buyuk allomalar muzeyida O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyati faollari, nuroniylar, ziyolilar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat, ma’rifat sohalaridagi o‘zgarishlar, yoshlar ta’lim-tarbiyasi haqida so‘z bordi.

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni e’zozlash va targ‘ib etish, buyuk allomalar merosini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Baxshichilik va maqom san’ati bo‘yicha xalqaro festivallar o‘tkazilgani bu borada ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy markazlari, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, adiblar nomlari bilan atalgan ijod maktablari tashkil etildi. Prezident maktablari, yangi oliy o‘quv yurtlari yosh avlod uchun yanada keng imkoniyatlar ochdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

- Vaqt shiddat bilan o‘tyapti. Har bir soha bo‘yicha izlanishda, tinimsiz harakatdamiz. O‘zgarishlar bor, lekin hali bizni qanoatlantirmaydi, - dedi Prezident.

Faollar butun Farg‘ona viloyatida bo‘lgani kabi Qo‘qon shahrida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani, Xalqaro hunarmandchilik festivali tufayli shahar yanada obod bo‘lib, bu yerga butun dunyodan mehmonlar kelganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.

Buyuk allomalar muzeyi ham davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bu yerga keluvchilar Qo‘qonda yashab, ijod qilgan adib va allomalar hayoti, asarlari haqida ma’lumot oladi. Buyumlar, turli idishlar esa o‘sha davr turmush tarzidan darak beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан