Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev faxriylarni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi (fotojamlanma)
9.05.2020 16:40,  
406

G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam bo‘ldi.

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.

– Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azmu shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz, — dedi davlatimiz rahbari.

Bu yil karantin tufayli urush va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni o‘z uylarida nishonladi. Ular televideniye orqali bugungi tantanali marosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib bordi.

Foto: president.uz

– Siz azizlarning barchangizni g‘oyibona bag‘rimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Biz sizlarning timsolingizda o‘zining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogo‘y bo‘lib yurgan mo‘’tabar insonlarni ko‘ramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yo‘llarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolarni, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlarni yengib o‘tishda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qat’iyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. Yosh avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlarni doimo o‘rnak deb bilamiz va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi, – dedi Prezident.

Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, elimizga farovonlik tilab duolar qildi.

Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, harbiy okruglardagi bayram ishtirokchilariga namoyish qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan videoaloqa tizimi orqali muloqot qildi.

Prezident G‘alaba bog‘ining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi. Bog‘da Ikkinchi jahon urushi davridagi kompozitsiyalar installyasiyasi, jumladan, temir yo‘l vokzali, okoplar barpo etilgan, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Davlat rahbari ushbu texnikalarni ham ko‘zdan kechirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан