Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Geologiya fanlari universiteti binosi bilan tanishdi
16.10.2020 16:26,  
2040

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.

Birinchi ob’yekt Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Geologiya fanlari universiteti bo‘ldi. 

Loyiha doirasida 6 ta ko‘p qavatli imorat barpo etilishi va 4 tasi rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi birinchi bosqichda o‘quv korpusi, Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Geologiya muzeyi binolari, kutubxona, yotoqxona bunyod etilmoqda.

Geologiya fanlari universiteti sohadagi ilmiy muassasalarni jamlagan yaxlit majmua bo‘ladi. Uning tarkibiga 4 ta ilmiy-tadqiqot instituti kirgan. Ilgari ular tarqoq joylashgan edi. Shuningdek, bu yerga Geologiya muzeyi ko‘chirib kelinadi. Sohadagi muassasalar bir joyda bo‘lishi mutaxassislarning yaqin hamkorlikda ishlashi, talabalarning ilmiy laboratoriyalarda amaliyot o‘tashini ta’minlaydi. Bu esa binolarga xizmat ko‘rsatish uchun ham qulay va tejamkor.

Davlat rahbari shu yerda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan suhbatlashdi.

- Ilm-fan barcha sohalarni fundamental rivojlantirish uchun asos. Avvaldan e’tibor berganimizda, geologiyaning hamma yo‘nalishlari bo‘yicha 15-20 foiz aholini ish bilan ta’minlashimiz mumkin edi. Mana endi olimlarga sharoit yaratishga harakat qilyapmiz, intellektual mulkni asrab, qo‘llab-quvvatlayapmiz. Intellektual mulk uning egasiga ham, davlatga ham manfaat keltiradi, - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан