Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: "Hamma arzon kredit xohlaydi, lekin..."
20.08.2021 12:15,  
287

Davlat rahbari arzon va sun’iy pasaytirilgan kreditlar pul bozoridagi muvozanatni buzishini yaxshi tushunishini aytdi. Iqtisodiyotga arzon kredit beramiz deb, makroiqtisodiy barqarorlikni unutib qo‘ymasligimiz lozim, dedi prezident.

- Barqarorlik bo‘lmasa, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olmaymiz. Bu borada, foiz stavkalariga bevosita ta’sir etadigan inflyasiyani va yana takror aytaman inflyasiyani qog‘ozda emas, amalda (bir paytlar inflyasiyani qog‘ozda yozardik) pasaytirish hamda bank orqali kreditlash jarayonini to‘liq bozor mexanizmlariga o‘tkazishga qaratilgan ishlarni davom ettiramiz. Zamonaviy bozor tamoyillarida ishlash uchun hududlarda banklar loyiha fabrikalari va tadbirkorlikka o‘qitish markazlarini tashkil etib, xorijiy mutaxassislarni jalb qilmoqda. Ushbu markazlar tadbirkorlarga biznes rejalarni ishlab chiqish, mablag‘lar jalb qilishga yordamlashadi.

Shavkat Mirziyoyev inflyasiya darajasini joriy yilda 10 foizga, kelgusi ikki yilda 5 foizga tushirishni reja qilingani, bu esa kredit stavkalarini ham maqbul darajaga tushirish va muddatini uzaytirish imkonini berishi haqida so‘zladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан