Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev haykallar oldida noma’qul harakatlar qilgan tiktokerlarni tanqid qildi
1.07.2021 15:27,  
225

30 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumida ishtirok etib, bir qancha muhim masalalar yuzasidan nutq so‘zladi. Shu qatorda jamoatchilikni bezovta qilayotgan ayrim muammolar, jumladan, yoshlar orasida jinoyatchilik ko‘payib borayotgani hamda ayrim tiktokerlarning noma’qul hatti-harakatlariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz".

«Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik, oilaviy ajralishlar, buzg‘unchi va radikal oqimlar ta’siriga tushish holatlari davom etayotgani, davlat rahbari sifatida shaxsan meni jiddiy tashvishga solmoqda. O‘tgan 5 oyda 7 mingdan ziyod yoshlar jinoyat sodir etgani, hozirgi vaqtda qariyb 40 ming nafar yoshlar profilaktik hisobda turgani ham xavotirimiz bejiz emasligini ko‘rsatmoqda», — dedi u.

Shu bilan birga, davlat rahbari ayrim tiktokerlarning hatti-harakatlarini ham tanqid ostiga oldi.

«Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan xunuk voqealar, ya’ni, joylardagi Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida ayrim tarbiyasiz yoshlar tomonidan sodir etilgan noma’qul harakatlar meni nihoyatda ranjitdi. Bu bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o‘qituvchi va muallimlari¸ qolaversa, mahalla-ko‘y, yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul mutasaddilar qayerga qarayapti?», — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning 7 aprelida esa bir qiz va ikki yigit poytaxtdagi Amir Temur haykalidan koronavirus qachon ketishini so‘ragani uchun 15 sutkaga, shu yilning 10 mayida ijtimoiy tarmoqlarda ikki yigit Samarqand shahridagi Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin hatti-harakatlar sodir etgani uchun 15 sutkaga, 2 iyunda esa olmaliqlik qiz «Ona va bola» monumenti oldida noo‘rin harakatlar qilgani sabab hujjatlar rasmiylashtirilib, ish sudga oshirilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarur bo‘lsa bu kabi huquqbuzarliklar uchun jazo choralari yanada kuchaytiriladi.

«Vatanimiz yoshlariga mutlaqo yarashmaydigan, barchamizga isnod keltiradigan bunday salbiy ko‘rinishlarga jamiyatimizda mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi zarur. Kerak bo‘lsa, biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari, timsollari va tabarruk qadamjolariga bepisand munosabatda bo‘ladigan kimsalarga nisbatan jazo choralarini yanada kuchaytiramiz. Bunday buzg‘unchi ishlarning oldini bugun olmasak, ertaga kech bo‘ladi», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lganlar nimaga sukut saqlayotganini ham aytib o‘tdi.

«Bu borada meni bir narsa chuqur o‘ylantiradi. Nima uchun yoshlar tarbiyasiga bevosita mas’ul va javobgar bo‘lgan tashkilotlar, ota-onalar, pedagogik jamoalar bu masala bo‘yicha tezkor va prinsipial munosabat bildirmayapti?», — dedi u.

U so‘zida davom etarkan, hozirgi g‘oyat murakkab davrning keskin talabi har qanday imkoniyat va minbardan foydalanib, islohotlarga xalaqit berayotgan barcha muammo va kamchiliklarni birgalikda, ochiq va oshkora muhokama qilish lozimligiga e’tibor qaratdi.

«Chunki bu ishlarni o‘zimiz qilmasak, chetdan kelib hech kim biz uchun qilib bermaydi. Shuning uchun Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, viloyat, tuman va shahar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha muovinlari, oliygohlardagi tegishli prorektorlarning maqomi, vakolati va mas’uliyatini oshirish, ish uslublarini o‘zgartirish va mutlaqo takomillashtirish kerak», — dedi davlat rahbari.

Parlament palatalari ana shunday mutasaddi rahbarlar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash va ularning hisobotlarini eshitib borish tartibini joriy etishi o‘rinli bo‘lishi qo‘shimcha qilindi. Hukumat esa shu asosda ularning vakolatlarini kengaytirish, ish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, amalga oshirishi aytildi.

«Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar masalasiga mutasaddi barcha rahbarlarning bilim va malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etilishi kerak. Ular o‘z viloyati va tumanlari, maktab, kollej, texnikum, oliygohlardagi yoshlarning ma’naviy tarbiyasi uchun bevosita mas’ul bo‘lib, har oyda tahliliy muhokamalar o‘tkazishi va mahalliy kengashlarda hisobot berib borishi darkor», — dedi Mirziyoyev.

So‘zi yakunida, bugungi kunda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан