Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marotaba qachon qasamyod qilishi ma’lum bo‘ldi
5.11.2021 10:24,  
322

Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Interfaks.

Ma’lum qilishicha, inauguratsiya Toshkentda Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida bo‘lib o‘tadi.

Xabarda aytilishicha, saylangan prezident bir vaqtning o‘zida qo‘lini Konstitutsiya va Qur’onga qo‘yib qasamyod qilishi kerak bo‘ladi. Qasamyod qabul qilganidan so‘ng Prezidentga shu yil oktyabr oyida ta’sis etilgan prezidentlik hokimiyatining o‘ziga xos belgilari – ko‘krak nishoni va bayrog‘i ham topshiriladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining natijalariga ko‘ra, O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан