Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Imron Xonning taklifiga binoan Pokistonga boradi
3.03.2022 08:05,  
39

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning taklifiga binoan 3-4 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Eng avvalo, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, logistika, infratuzilma va turizma sohalarida amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunida qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Pokiston prezidenti Orif Alviy, ushbu mamlakat idoralari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashishi ham ko‘zda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан