Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevni «shahar ichidagi qurilishlar» uchun tanqid qildi
1.02.2021 10:07,  
815

O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan bir haftadagi faoliyati haqida ma’lumot beruvchi «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvining navbatdagi sonini e’lon qildi.

Dasturda 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sanoat va logistika sohasida umumiy qiymati 8,6 trillion so‘mga teng investitsion loyihalarning taqdimotiga oid kadrlar namoyish etilgan. O‘shanda Prezident oqartirilgan tunuka (280 million yevro), yuqori sifatli sement (2,1 trillion so‘m), muzlatgich, sovutgich va konditsionerlar uchun germetik kompressorlar ishlab chiqarish (735 milliard so‘m) va boshqa loyihalar bilan tanishgandi.

Germetik kompressorlarni ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishish vaqtida Prezident investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Shuxrat Vafoyevga loyihaning amalga oshirilish muddati yuzasidan e’tiroz bildirgan.

«Loyihaning boshlanish muddati noto‘g‘ri. Juda cho‘zib yuborgansan. Loyihani amalga oshirishni boshlash — 2021 yil 1 iyun. Bu bo‘lmaydi, eski usul bu. Bir hafta ichida hammani oyoqqa turg‘azishing kerak. Bu deganing dekabrga boradi. Mart oxiriga qadar boshlanglar. Yana ikki oy bor, odamlaring bor. Bu tayyor loyiha, buning hech qiyin joyi yo‘q. Cho‘zish nega kerak?», — deya savol bergan Prezident.

Mas’ul shaxslar loyihani tezlashtirishga va’da bergan.

Umuman olganda davlat rahbari Toshkent uchun taklif etilayotgan sanoat va logistika loyihalarini ma’qullagan. Biroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga alohida murojaat qilib, shahar ichidagi qurilish ishlarini tanqid qilgan.

«Men Toshkentda 4—5 yil ishlaganman og‘ayni. Bu yerga 120 millimetrli kichkinagina kanalizatsiya qo‘yganmiz (Prezident truba diametrini qo‘li bilan ko‘rsatgan — tahr.)… Sen esa u yerda 9 qavatli uy quribsan. Biz kanalizatsiya nasosini qurishimiz kerakmi yoki yo‘q? Trubalarni kuchaytirishimiz kerakmi? Maktablarchi? Bog‘chalarchi?», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Prezidentning asosiy topshirig‘i — loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun ularni ekspertizadan o‘tkazish, bu tizimni tarmoqlar va hududlar kesimida ham tatbiq etish, investitsiya loyihalarining tayyorlanishi va baholab borish, quyi bo‘g‘indagi mutaxassislarga ko‘maklashishdan iborat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан