Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Yaponiyaga boradi
13.12.2019 21:29,  
138

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 2019 yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe, Parlamentning Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo, Parlamentning Vakillar palatasi spikeri Tadamori Osima, Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Tomonlar O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qiladilar, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Sinichi Kitaoka, yetakchi sanoat va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan. Mamlakatlar ishbilarmonlik doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, Yaponiya kompaniyalari vakillarini O‘zbekistondagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga o‘zaro manfaatli shartlarda jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari Yaponiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan biri – Nagoya shahriga tashrif buyurib, shaharlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama qilish uchun Aichi prefekturasi gubernatori Xideaki Omura, shahar meri Takasi Kavamura, Nagoya universiteti rektori Seyichi Matsuo bilan uchrashadi.

Muzokaralar natijasi bo‘yicha O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bojxona, turizm, ilmiy-texnik va boshqa sohalardagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy asosini mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан