Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyolik hamkasblari bilan Qirg‘izistondagi vaziyatni muhokama qildi
8.10.2020 11:16,  
483

7 oktyabr, chorshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston hamda Qozog‘iston prezidentlari bilan alohida-alohida mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi.

Mirziyoyev dastlab Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan qo‘ng‘iroqlashgan. Prezident matbuot xizmatining yozishicha, Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi. Prezident ikki kun avval ham Tojikiston rahbari bilan suhbatlashgan edi. O‘shanda hali Qirg‘izistondagi voqealar boshlanmagan, davlat rahbari tojik hamkasbining tug‘ilgan kuni munosabati bilan qo‘ng‘iroq qilgan edi.

Shu kunning o‘zida Mirziyoyev shimoliy qo‘shni Qozog‘iston rahbari bilan ham telefon orqali muloqot qildi. Prezident matbuot xizmati ikkala prezidentning “Mintaqadagi voqealar rivoji yuzasidan ham fikr almashilgani, O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Qirg‘izistondagi vaziyat ushbu mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunchiligi normalariga muvofiq tez fursatda barqarorlashishiga umid bildirgani” haqida yozgan.

Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston qardosh Qirg‘iziston bilan ittifoqchilik munosabatlari va strategik hamkorlikni mustahkamlashini alohida qayd etdi.

7 oktyabr Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tug‘ilgan kuni edi. Shu munosabat bilan Moskva bilan qo‘ng‘iroqlashgan davlat rahbarlari mintaqadagi vaziyat yuzasidan Putin bilan ham fikr almashgan. Vladimir Vladimirovich Qozog‘iston Prezidenti bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni ham muhokama qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан