Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Milliy universitet talabasini vazir o‘rinbosari etib tayinladi
31.01.2020 18:50,  
2534

Prezident bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid innovatsion taklif kiritgan Milliy universitetning magistratura talabasi vazir o‘rinbosari lavozimini egallaydigan bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich magistratura talabasi Yusuf Absoatovni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari etib tayinlash haqida ko‘rsatma berdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Absoatov bugun, 31 yanvar kuni prezident bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid taklifini ilgari surgan.

U davlat rahbariga OTMlar va maktablarni o‘zaro elektron tarzda ulab, onlayn darslar tashkil etish g‘oyasi haqida so‘zlab bergan.

Foto: president.uz

Endilikda 30 yoshli magistratura talabasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshlashi kutilmoqda. Vazirlikda bunday lavozim yangi ta’sis etiladi.

Ma’lumot uchun, Yusuf Absoatov kimyo texnologiyalari sohasida o‘qimoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан