O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Moskva shahridagi «Vnukovo» aeroportida Mirziyoyevni Rossiya hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.