Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazovning ta’ziya marosimlarida qatnashish uchun Nukusga jo‘nab ketdi
1.08.2020 14:40,  
303

Kecha, 31 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator Musa Yerniyazov 72 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Bugun O‘zbekiston SSV Musa Yerniyazovning koronavirus va boshqa yo‘ldosh kasalliklardan vafot etganini tasdiqladi.

Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar iyul oyi boshida paydo bo‘lgandi. Ammo o‘shanda Qoraqalpog‘iston rahbariyati bu xabarlarni qat’iy rad etgandi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 18 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani haqida xabar bergandi. SSV Yerniyazovning ahvolini barqaror deb baholagandi. 30 iyuldagi AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi Anvar Alimov Musa Yerniyazovning ahvoli og‘irligi va u sun’iy nafas olish apparatiga ulanganini ma’lum qilgandi.

Musa Yerniyazov 2002 yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov xotirasiga bag‘ishlangan ta’ziya marosimlarida ishtirok etish uchun Nukus shahriga jo‘nab ketdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан