Saida Mirziyoyeva Prezident Shavkat Mirziyoyevning yakshanba nonushtasi vaqtida nabirasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.
"Bugungi yakshanba tongi fayzli bo‘ldi.
Dam olish nimaligini deyarli bilmaydigan bobojonning bag‘rilarida bo‘lish - nevaralar uchun bayramdek.
Hayotimizdagi eng quvonchli daqiqalar aslida juda oddiy narsalardan iborat - ota-ona bilan birga nonushta qilish, nevaralar qurshovida bo‘lish, bir piyola choy ustida suhbatlar...Siz-chi, bugun ota-onangiz, buva-buvingizga quchoq ochdingizmi?"