Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev noyabrda Rossiyaga safar qilishi kutilmoqda
7.10.2021 12:56,  
106

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi davlat rahbarining matbuot xizmati. Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, do‘st Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tilagan.

Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi qayd etilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilgan. Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан