Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan ham Sardobadagi fojia masalasida gaplashdi
8.05.2020 12:18,  
180

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Aholiga zarur yordamni ko‘rsatish, infratuzilma va kommunikatsiyalarni qayta tiklash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.
Mamlakatlarimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samarali kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu xavfli kasallikning oldini olish va davolashda vakolatli idoralarning yaqindan muvofiqlashuvi va hamkorligini davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Mirziyoyev Toqayev bilan Sardobadagi fojia oqibatlarini bartaraf etish masalasida gaplashdi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini, avvalo savdo-iqtisodiy sohada kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан