Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga salom yo‘llaganligi ma’lum bo‘ldi
3.05.2020 01:04,  
861

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida qo‘shni mamlakatning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyevga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini yo‘llagan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar bermoqda.

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, telefon suhbati Qozog‘iston tarafi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan. «Qosim-Jo‘mart To‘qayevga quvvatlov uchun minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyev ofat Qozog‘iston janubidagi bir qator aholi punktlariga ham daxl qilganini afsus bilan qayd etib o‘tdi. O‘zbekiston rahbari toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tezlikda qayta tiklash uchun hamkorlikda choralar ko‘rish niyatini bildirdi», — deyiladi Oq o‘rda bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev qarori bilan Senat spikeri lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Shundan so‘ng internetda elboshining Respublika Xavfsizlik Kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Keyinroq Nazarboyevning matbuot kotibi vakili Aydos Ukibay ushbu xabarlarning barchasi yolg‘on ekanligini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан