Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak
25.04.2019 13:56,  
5

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25 aprel kuni Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Huawei Technologies raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Innovatsion axborot mahsulotlari va yechimlari, ma’lumot uzatish tizimlari, optik qurilmalar, routerlar, tarmoq uskunalari, ma’lumot markazlari, iste’molchilar uchun smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar, maishiy elektr jihozlari ishlab chiqarish kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

O‘zbekistonda Huawei kompaniyasi bilan birgalikda telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish, mobil aloqa operatorlari va provayderlari tarmoqlarini rivojlantirish, optik tolali aloqa liniyalari yordamida yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatish texnologiyalarini ishga tushirish bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dastlab Huawei kompaniyasining eng so‘nggi texnologik yechimlari va mahsulotlari namunalari bilan tanishdi.

Kompaniya asoschisi Jen Chjenfey bilan O‘zbekistonda «Xavfsiz shahar», «Elektron hukumat» va shoshilinch tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident kompaniyaning sun’iy intellektga asoslangan texnologik yechimlariga yuqori baho berdi.

Davlat rahbari kompaniya bilan hamkorlikda mamlakatda amalga oshirilgan loyihalar, mutaxassislarni tayyorlash masalalari bilan qiziqdi.

«Yangi texnologiyalarni jalb etishdan oldin ularni ishlatuvchi mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish juda muhim. Kompaniya bilan avvalo ushbu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish, mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuv yakunida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан