Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev O‘ktam Barnoyev xonadoniga borib ta’ziya bildirdi (foto)
21.09.2020 15:27,  
374

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev 20 sentyabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan edi.

Bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev koronavirusdan vafot etdi

Koronavirusdan vafot etgan O‘ktam Barnoyev Germaniyada davolangani aytilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilindi.

O‘ktam Barnoyev mehnat faoliyatini o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buxoro viloyatida boshlagan. Keyinchalik Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2008-2010 yillarda Samarqand, 2016-2020 yillarda Buxoro viloyati hokimi bo‘lgan. U joriy yildan Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Davlat rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

– O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin!

Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.

O‘ktam Barnoyevning oila a’zolari davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimizga osoyishtalik, sihat-salomatlik tilab duo qildilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан