Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev: Oldimizga misli ko‘rilmagan maqsadni qo‘ydik
21.01.2020 14:55,  
354

Avval xabar qilganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Qo‘shma majlisda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Davlat rahbari mamlakat oldidagi ichki muammolar haqida gapirdi.

“Biz endi qadamlarni tashlayapmiz. Xalqimizga katta rahmat aytishimiz kerak, xalqimiz bizga ishonch bildiryapti. Men bag‘rikeng va tanti xalqimiz o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Bu yerda vazirlar, kompaniya rahbarlari o‘tiribdi. Men sizlarga rostini aytaman: yoqilg‘i-energetikasida katta muammo bor. Bu sohada hisob-kitob, korrupsiya juda ko‘p. Mutasaddilar bunga e’tibor qilishi kerak. Yoqilg‘i-energetika sohasida hisobni joyiga qo‘ymasak, sanoat umuman rivojlanmaydi.

Bundan tashqari, geologiya sohasida yo‘qotishlar bor. Bir paytlar geologiyada katta ilmiy salohiyat mavjud edi. Men qo‘pol aytmoqchi emasman, lekin bu sohada kadr ham qolmadi. Ilmiy guruh, akademiklar bormi, desa, javob yo‘q.

Temir va havo yo‘llarimiz ham dunyo hamjamiyati standartlariga mutlaqo mos kelmaydi. Transport sohasida hali birinchi qadamni ham qo‘ya olmadik. Yo‘l qurilishi bo‘yicha, ichimlik suv masalasida aholining noroziligi ko‘ndalang turibdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Yoqilg‘i-energetika sohasi bo‘lmasa, sanoatimiz rivojlanmaydi. Biz eng kamida 4,5 milliard kv/s energiyani import qilyapmiz. Oldimizga misli ko‘rilmagan maqsadni qo‘ydik: biz kelgusida 73 milliard kv/s energiya ishlab chiqaramiz”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан