Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
10.12.2020 21:04,  
241

O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.

11 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, tadbirda YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etadi.

 O‘zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.

“Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O‘zbekistonning YeOII bilan o‘zaro manfaatli hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shu yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан