Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev​ onlayn imtixonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi
30.04.2020 17:37,  
386

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Ma’lum qilinishicha, pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda.

Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash vazifasi turibdi. Xorijiy davlatlar tajribasi va bugungi vaziyatdan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini onlayn shaklda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda mazkur jarayonlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан