Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev «O‘zavtosanoat» tashabbusi bilan ochilgan “Cooperation LAB” markaziga bordi (foto)
21.08.2020 18:16,  
487

Shavkat Mirziyoyev bugun, shuningdek, Bektemir tumanidagi “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.

«UzAuto Motors», «SamAvto», “JV MAN Auto – Uzbekistan”, “General Motors Powertrain Uzbekistan” singari korxonalarda zamonaviy avtotransport va butlovchi qismlar ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, ko‘plab ehtiyot qismlar xorijdan olib kelinmoqda. Bozor kon’yunkturasi va sanoat korxonalaridagi talabni tahlil qilish asosida yangi ehtiyot qismlarni o‘zlashtirish choralari ko‘rilmoqda.

«O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tashabbusi bilan Bektemir tumanida “Cooperation LAB” tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish markazi shu maqsadda tashkil etilgan.

Loyiha qiymati 2 million dollar bo‘lgan bu maskanda 50 kishi ish bilan ta’minlangan. Markaz g‘oyadan rastagacha tamoyili asosida avtomobilsozlik sohasida tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, importni kamaytirish va mahalliylashtirish darajasini o‘stirishga mo‘ljallangan.

Hududdagi doimiy ishlaydigan ko‘rgazma pavilonida «O‘zavtosanoat» va boshqa kompaniyalar tomonidan mamlakat avtobozoriga import qilinayotgan butlovchi detallar, xomashyo va materiallar namoyish qilinadi. Ular O‘zbekiston hududida, jumladan, mavjud korxonalarda ishlab chiqarish hajmlarini va ehtimoliy yo‘nalishlarni namoyish etish hamda import mahsulotlarni mahalliylashtirish uchun taqdim etiladi. Yurtimizdagi xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash va butlovchi qismlar importini qisqartirishga xizmat qiladi.

Davlat rahbari markazning kooperatsiya aloqalariga oid taqdimotlar bilan tanishdi. Malakali konstruktor va olimlarni jalb qilib, yangi texnikalarni o‘zlashtirish va buyurtma asosida yetkazib berish muhimligi ta’kidlandi.

Mashinasozlik va elektrotexnika sohasida kooperatsiyani kengaytirishda yangi ochilgan “Cooperation LAB” markazi katta salohiyatga ega. Ushbu markaz tadbirkorlarga «g‘oyadan – tayyor mahsulotgacha» injiniring, texnik yechimlar va bozor topish imkonini beradi.

Shu yerda viloyat hokimlariga tadbirkorlar guruhlarini shakllantirib, markaz bilan birga sanoat kooperatsiyasidagi yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Markazda ishlab chiqilgan takliflarni «loyihalar fabrikasi» orqali moliyalashtirish uchun tijorat banklari bilan hamkorlik o‘rnatish kerakligi aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан