Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (foto)
20.11.2019 17:55,  
706

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga yana bir bor tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaz qurilishi va faoliyati yo‘lga qo‘yilishida ana shu maqsad asosiy mezon etib belgilandi. Qariyb ikki gektar maydonda uch qavatli ko‘rkam imorat qad ko‘tardi. Binoning simmetrik markazida bejirim sharqona gumbaz, to‘rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurildi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Islom sivilizatsiyasi markazi shu yo‘nalishdagi ilmiy muassasalar uchun fundamental baza bo‘ladi. Bu yerda mahalliy va xorijlik mutaxassislar ilmiy tadqiqotlar olib boradi, ularning natijalari asosida qomuslar, ilmiy-ommabop to‘plamlar, teleko‘rsatuv, film va boshqa materiallar tayyorlanadi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchi va talabalari ushbu maskanga kelib, bilimini mustahkamlaydi.

- Bu markaz asrlar davomida xalqimizga xizmat qiladi, uning har bir naqshi tarixga muhrlanadi. Shuning uchun markazning bezagi, ma’no-mazmuni islomiy va ilmiy jihatdan asoslangan, chuqur o‘ylangan bo‘lishi kerak. Odamlar ham o‘qib, ilm oladigan, ham yurakdan his qiladigan muhit yaratish zarur, - dedi davlatimiz rahbari.Butun dunyodan diniy ulamolar, islomshunos va tarixchi olimlar ishtirokida xalqaro anjuman tashkil etib, fikrlarini o‘rganish, takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан