Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qildi
6.11.2021 11:42,  
148

Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Inauguratsiya marosimi Oliy Majlis Senatining Islom Karimov shohko‘chasi, 9-uy manzilida (Tashqi ishlar vazirligining sobiq bosh qarorgohi o‘rnida) joylashgan yangi binosida bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berdi. MSK raisi O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirgan.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi. Qasamyoddan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

O‘zbekistonda 24 oktyabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan saylovchilarning 80,8 foizi ovoz bergan.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi ovoz bergan.

29 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni keyingi besh yilga O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida qasamyod qilgan paytdan e’tiboran o‘z lavozimiga kirishadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga ko‘ra, Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: «O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан